Umumiy mulk huquqidagi ulushning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan
shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tish payti ushbu Kodeks 185-moddasining
ikkinchi
qismiga
muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
84
.
164
,
168, 169
,
216 — 221
,
223-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining Oila kodeksi
23-moddasi
.
223-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish
Ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o‘rtasida ularning kelishuviga muvofiq
taqsimlanishi mumkin.
Ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga
haqli.
Ulushli mulk ishtirokchilari umumiy mol-mulkni taqsimlash yoki ulardan birining ulushini
ajratish usuli va shartlari to‘g‘risida kelishuvga erisha olmasalar, ulushli mulk ishtirokchisi o‘z
ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qilishga haqli.
Agar ulushni asl holida ajratib olishga qonun yo‘l qo‘ymasa yoki uni umumiy mulk bo‘lgan
mol-mulkka nomutanosib zarar yetkazmasdan ajratib olish mumkin bo‘lmasa, ajralib
chiqayotgan mulkdor ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari tomonidan ulushining qiymati
to‘lanishini talab qilish huquqiga ega.
Ushbu modda asosida ulushli mulk ishtirokchisiga asl holida ajratib berilayotgan mol-
mulkning uning mulk huquqidagi ulushiga nomutanosibligi tegishli pul summasini to‘lash yoki
boshqacha kompensatsiya to‘lash yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Ulushli mulk ishtirokchisiga uning ulushini asl holida ajratib berish o‘rniga boshqa
mulkdorlar tomonidan kompensatsiya to‘lanishiga ishtirokchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Mulkdorning ulushi arzimas bo‘lgan, amalda ajratib berilishi mumkin bo‘lmagan va u umumiy
mol-mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega bo‘lmagan hollarda sud ushbu mulkdor
rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur
mulkdorga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin.
Ushbu moddaga muvofiq mulkdor kompensatsiya olganidan keyin umumiy mol-
mulkdagi ulushiga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
84
,
88
,
164
,
168, 169-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual kodeksining II bo‘limi
2-kichik bo‘limi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.09.2001-
yildagi “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 22-son qarorining
6-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq
nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 14-son qarorining
11 — 16
,
18, 19-bandlari
.
Dostları ilə paylaş: