18-BOB UMUMIY MULK 216-modda. Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi
asosida tegishli bo‘ladi.
Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli
mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi
mumkin.
Umumiy mulk bo‘lgan mol-mulk ulushlarga bo‘linadi, qonunda bu mol-mulkning
birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Umumiy birgalikdagi mulk o‘z vazifasini o‘zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin
bo‘lmagan (bo‘linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko‘ra taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan
mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o‘tgan paytda vujudga keladi.
Oldingi tahrirga qarang. Taqsimlanadigan mol-mulkning umumiy birgalikdagi mulkligi qonunchilikda yoki
shartnomada nazarda tutilgan hollarda vujudga keladi.
(216-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan
taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib
belgilab qo‘yilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 164 , 168, 169-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 23- moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismi . 217-modda. Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash Agar ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin
bo‘lmasa hamda uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa,
ulushlar teng deb hisoblanadi.
Ulushli mulk barcha ishtirokchilarning kelishuvi bilan ishtirokchilardan har birining ulushini
ularning umumiy mol-mulkni vujudga keltirish va ko‘paytirishga qo‘shgan hissasiga qarab
aniqlash va o‘zgartirish tartibi belgilanishi mumkin.
Umumiy mol-mulkdan foydalanishning belgilab qo‘yilgan tartibiga amal qilgan holda
ushbu mol-mulkni o‘z hisobidan ajratib olish mumkin bo‘lmaydigan tarzda yaxshilagan ulushli
mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi o‘z ulushining tegishli darajada ko‘paytirilishiga
haqli bo‘ladi.
Umumiy mol-mulkdagi ajratib olish mumkin bo‘ladigan yaxshilashlar, agar ulushli mulk
ishtirokchilarining kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu yaxshilashlarni
amalga oshirgan ishtirokchining mulkiga qo‘shiladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 164 , 168, 169 , 216 , 218 — 223-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 23 — 25-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 125-moddasi .