220-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkdan foydalanish natijasida keladigan hosil,
mahsulot va daromadlar
Ulushli mulkdagi mol-mulkdan foydalanish natijasida keladigan hosil, mahsulot va
daromadlar umumiy mol-mulk tarkibiga qo‘shiladi va ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi
kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular o‘rtasida ulushlariga mutanosib
ravishda taqsimlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
92
,
164
,
168, 169
,
216 — 219
,
221 — 223-moddalari
.
221-modda. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini taqsimlash
Oldingi
tahrirga qarang.
Har bir mulkdor umumiy mol-mulk bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘lashda, shuningdek mol-mulkni saqlash va asrash chiqimlarida, agar shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ulushiga qarab qatnashishi shart.
(221-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Zarur bo‘lmagan hamda mulkdorlardan biri tomonidan qolganlarning roziligisiz qilingan
xarajatlar uning o‘z zimmasiga tushadi. Bunda kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal qilinishi
kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
92
,
164
,
168, 169
,
216 — 220
,
222-223-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining Uy-joy kodeksi
126-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri)
423-moddasi
uchinchi qismi
, 425-moddasi
uchinchi qismi
.
Dostları ilə paylaş: |