harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarini
bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Majburiyatlar
shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida
hamda ushbu Kodeksda
ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
235-moddasi
,
21
,
26
,
57, 58
,
66-boblari
.
235-modda. Majburiyatning taraflari
Majburiyatning taraflari — kreditor yoki qarzdor sifatida bir yoki bir paytning o‘zida bir
necha shaxs ishtirok etishi mumkin.
Majburiyatda qarzdor tomonida ishtirok etgan shaxslardan
biriga kreditor bildirgan
talablarning haqiqiy emasligi, shuningdek bunday shaxsga talab qo‘yishga doir da’vo muddati
o‘tib ketganligi kreditorning qolgan shaxslarga bo‘lgan talablariga o‘zicha daxl etmaydi.
Agar taraflar shartnomaga binoan bir-birlariga nisbatan majburiyatli bo‘lsa, taraflardan har
biri boshqa taraf oldida uning foydasiga nima qilishi shart ekanligi jihatidan uning qarzdori va
ayni bir paytning o‘zida undan nima talab qilishga huquqli ekanligi
jihatidan uning kreditori
hisoblanadi.
Majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar (uchinchi shaxslar) uchun
burchlar hosil qilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda majburiyat uchinchi
shaxslar uchun majburiyatning bir tarafi yoki har ikkala tarafiga
nisbatan huquq vujudga
keltirishi mumkin.
(235-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
149 — 163
,
241
,
323
,
328
,
334
,
362
,
730
,
768-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: