O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-BOB MULK HUQUQINI VA BOShQA AShYoVIY HUQUQLARNI HIMOYA QILISh



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

19-BOB
MULK HUQUQINI VA BOShQA AShYoVIY HUQUQLARNI HIMOYA QILISh
228-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish
(vindikatsiya)
Mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli
(vindikatsiya).
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
164-moddasi
, 166-moddasi 
ikkinchi qismi

168, 169-moddalari
,
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 23-
moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 
20-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
229-modda. Mol-mulkni insofli egallovchidan talab qilib olish
Agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsdan haq to‘lab
olingan bo‘lsa, oluvchi buni bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan (insofli egallovchi) bo‘lsa,
mol-mulk mulkdor tomonidan yoki egalik qilish uchun mulkdor bergan shaxs tomonidan
yo‘qotib qo‘yilgan yoxud mulkdordan yoki u mol-mulkini bergan shaxsdan o‘g‘irlangan yo
bo‘lmasa, ularning ixtiyoridan tashqari boshqacha yo‘l bilan ularning egaligidan chiqib ketgan
bo‘lsa, mulkdor bu mol-mulkni olgan shaxsdan talab qilib olishga haqli.
Agar mol-mulk sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotilgan bo‘lsa, mol-
mulkni ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha talab qilib olishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsdan haq
to‘lamasdan olingan bo‘lsa, mulkdor mol-mulkni barcha hollarda ham talab qilib olishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pul insofli egallovchidan talab qilib olinishi mumkin emas.
(229-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
230

1096-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy
boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 
19-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 
56-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin