21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
225-modda. Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish Agar birgalikdagi mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuv bilan boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, ular umumiy mulkka birgalashib egalik qiladilar va undan foydalanadilar.
Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulk barcha ishtirokchilarning roziligi bilan tasarruf etiladi,
mol-mulkni tasarruf etish xususidagi bitim ishtirokchilardan qaysi biri tomonidan tuzilayotgan
bo‘lishidan qat’i nazar, bunday rozilik talab qilinadi.
Birgalikdagi mulkning har bir ishtirokchisi, agar barcha ishtirokchilarning kelishuvidan
boshqacha tartib anglashilmasa, umumiy mol-mulkni tasarruf etish xususida bitimlar tuzishga
haqli. Birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan biri tuzgan umumiy mol-mulkni tasarruf etish bilan
bog‘liq bitim uni tuzgan ishtirokchining zarur vakolatlari yo‘qligi sababli, bitimdagi ikkinchi taraf
buni bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan taqdirdagina qolgan ishtirokchilarning
talabiga muvofiq haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Birgalikdagi mulkning ayrim turlari uchun ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda
o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ushbu moddaning qoidalari qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 164 , 168, 169 , 216 , 226 , 379 , 497-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 23, 24 , 31-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasi uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasining uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi yettinchi qismi .