Ulushli yoki birgalikdagi mulk ishtirokchisining kreditori
mulkdorda boshqa mol-mulk
yetarli bo‘lmaganida undiruvni qarzdorning umumiy mol-mulkdagi ulushiga qaratish uchun bu
ulushni ajratishni talab qilishga haqli.
Agar bunday hollarda ulushni asli holida ajratish mumkin bo‘lmasa yoki ulushli yoxud
birgalikdagi mulkning qolgan ishtirokchilari bunga e’tiroz bildirsalar, kreditor qarzdor o‘z ulushini
umumiy mulkning qolgan ishtirokchilariga ushbu ulushning qiymatiga mutanosib narxda sotib,
sotishdan tushgan mablag‘larni qarzni uzishga qaratishini talab qilishga haqli.
Umumiy mulkning qolgan ishtirokchilari qarzdorning ulushini sotib olishdan voz kechgan
taqdirda kreditor undiruvni qarzdorning umumiy mulk huquqidagi
ulushiga ushbu ulushni
kimoshdi savdosi orqali sotish yo‘li bilan qaratishni sud orqali talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
164
,
168, 169
,
216-moddalari
, 217-moddasi
uchinchi qismi
,
222-moddasi
,
224-moddasi
ikkinchi qismi
, 225-moddasi
birinchi qismi
, 226-moddasi
birinchi qismi
,
379-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining II bo‘limi
2-kichik bo‘limi
.
Dostları ilə paylaş: