bo‘lgan barcha daromadlarni qaytarib berishni yoki to‘lashni;
insofli egallovchidan esa — u o‘zining egaligi qonuniy emasligini
bilgan yoki bilishi lozim
bo‘lgan paytdan boshlab yoxud mulkdorning mol-mulkni talab qilib olish haqidagi da’vosi
bo‘yicha talab kelgan paytdan boshlab olgan yoki chiqarib olishi lozim bo‘lgan hamma
daromadlarni.
O‘z navbatida insofli
egallovchi ham, insofsiz egallovchi
ham mol-mulkdan qancha vaqt
davomida olingan daromad mulkdorga qaytarilishi kerak bo‘lsa, shuncha vaqt davomida mol-
mulkka qilingan zarur xarajatlarini to‘lashni mulkdordan talab qilishga haqli.
Basharti, ashyoni yaxshilaydigan narsalarni ashyoga shikast
yetkazmasdan ajratib olish
mumkin bo‘lsa, insofli egallovchi mazkur narsalarni o‘zida qoldirishga haqli.
Agar bunday
narsalarni ajratib olish mumkin bo‘lmasa, insofli egallovchi ashyoni
yaxshilash uchun qilingan
xarajatlarni talab qilib olish huquqiga ega, lekin bu xarajatlar ashyoga qo‘shilgan qiymatdan ko‘p
bo‘lmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
92
,
229
,
231 — 233-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 62-moddasi
ikkinchi qismi
.
231-modda. Mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq
Dostları ilə paylaş: