O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Pul majburiyatlarining valyutasi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

245-modda. Pul majburiyatlarining valyutasi
Pul majburiyatida u so‘mlar bilan chet el valyutasidagi muayyan summaga ekvivalent
bo‘lgan summada yoki shartli pul birliklari bilan (ekyu, “maxsus qarz olish huquqlari” va
boshqalar) to‘lanishi lozimligi nazarda tutilishi mumkin. Bunday hollarda so‘mlar bilan to‘lanishi
lozim bo‘lgan summa tegishli valyutaning yoki shartli pul birliklarining to‘lov kunidagi rasmiy
kursi bo‘yicha belgilanadi, basharti uni belgilashning boshqacha kursi yoki boshqa sanasi
qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa.
O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga
oshirish chog‘ida chet el valyutasidan, shuningdek chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlaridan
foydalanishga qonunchilikda belgilangan hollar, tartib va shartlar asosida yo‘l qo‘yiladi.
(245-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
94

95

236

238-moddalari
.
246-modda. Majburiyatni bajarish joyi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar majburiyatni bajarish joyi qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilab qo‘yilgan
bo‘lmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda
qo‘yiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
(246-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1) ko‘chmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha — mol-mulk turgan joyda;


2) tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari
bo‘yicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
3) qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan o‘zga majburiyatlari
bo‘yicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqishi
paytida bu joy kreditorga ma’lum bo‘lgan bo‘lsa;
4) pul majburiyati bo‘yicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda,
agar kreditor yuridik shaxs bo‘lsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan erida,
agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o‘z yashash joyini yoki joylashgan erini
o‘zgartirgan bo‘lsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan bo‘lsa — ijro etish joyi o‘zgartirilishi
bilan bog‘liq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida
yoki joylashgan erida;
5) boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor
yuridik shaxs bo‘lsa, uning joylashgan erida.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
94, 95

234, 235-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin