243-modda. Majburiyatni muddatidan ilgari bajarish Oldingi tahrirga qarang. Agar qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud majburiyatning
mohiyatidan yoinki ish muomalasi odatlaridan yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablardan
anglashilsa, qarzdor majburiyatni muddatidan ilgari bajarishga haqli, kreditor esa –– ijroni
muddatidan ilgari qabul qilishi shart.
(243-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 282-moddasi , 440-moddasining uchinchi qismi , 562-moddasining ikkinchi qismi , 638-moddasining birinchi qismi , 735-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari , 770- moddasining uchinchi qismi , 892-moddasi . 244-modda. Majburiyatni bajarishni kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib bajarish Oldingi tahrirga qarang. Agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni bo‘lib-bo‘lib bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(244-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Etarli asoslar mavjud bo‘lganida sud qarzdorga majburiyatni bajarishni kechiktirish yoki uni
bo‘lib-bo‘lib bajarish imkonini berishga haqli.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 216-moddasi , 281-moddasining ikkinchi qismi , 380-moddalari , 419- moddasining ikkinchi qismi , 422-moddasi , 732-moddasining birinchi qismi . LexUZ sharhi Qarang: sud amaliyoti. Oldingi tahrirga qarang.