21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
206-modda. Mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratmagan holda mulk huquqining bekor qilinishi Oldingi tahrirga qarang. Davlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga bevosita qaratilmagan qarori
munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar
joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining
bekor qilinishiga qonunda belgilangan hollar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi, bunda mulkdorga
olib qo‘yilgan mol-mulkka teng qimmatli mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi va uning
ko‘rgan boshqa zararlari to‘lanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi bilan yetkazilgan zarar to‘la
hajmda to‘lanadi.
(206-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 24.09.2012-yildagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 19-modda birinchi qismi . Oldingi tahrirga qarang. Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uylarning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki
ekinlarning, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatini aniqlash
belgilangan tartibda baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk
huquqi bekor qilinganda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning va yer uchastkasiga bo‘lgan
huquqning bozor qiymati bevosita ushbu mol-mulkni olib qo‘yishdan oldingi holatga ko‘ra yoki
kelgusida olib qo‘yilishi haqidagi xabar mol-mulkning va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning
bozor qiymatiga ta’sir qilgan paytdagi holatga ko‘ra baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadi.
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki ekinlarni
buzib tashlashga zararlarning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplanguniga
qadar yo‘l qo‘yilmaydi.
(206-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga mulkdor rozi bo‘lmagan
taqdirda, bu qaror nizo sud tomonidan hal qilingunicha amalga oshirilishi mumkin emas. Nizoni
ko‘rib chiqish vaqtida mulkdorga yetkazilgan zararni to‘lash bilan bog‘liq barcha masalalar ham
hal qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 41-moddasi to‘rtinchi — beshinchi qismlari , 86- moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshi , ikkinchi qismi , Uy-joy kodeksining 28, 29-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 02.05.1997- yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 3-son qarori 5-bandining birinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.09.2001-yildagi “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 22- son qarorining 24-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida” 3-son qarorining 16-bandi .