O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Majburiy tartibda shartnoma tuzish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

377-modda. Majburiy tartibda shartnoma tuzish
Ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llangan
taraf uchun shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan hollarda bu taraf oferta olingan kundan boshlab
o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida yoki akseptdan bosh tortishi to‘g‘risida
yoxud 
ofertani 
boshqa 
shartlarda 
akseptlashi 
to‘g‘risida 
(shartnoma 
loyihasiga
kelishmovchiliklar bayonnomasi) bildirish yo‘llashi kerak.
Oferta yo‘llagan hamda shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan tarafdan ofertani boshqa
shartlarda 
akseptlash 
to‘g‘risida 
bildirish 
(shartnoma 
loyihasiga 
kelishmovchiliklar
bayonnomasi) olgan taraf bunday bildirish olingan yoki aksept uchun muddat tugagan kundan


boshlab o‘ttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib
chiqish uchun sudga topshirishga haqli.
Ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzish oferta (shartnoma
loyihasi) yo‘llagan taraf uchun majburiy bo‘lgan va unga o‘ttiz kun mobaynida shartnoma
loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi yuboriladigan hollarda bu taraf kelishmovchiliklar
bayonnomasini olgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga shartnomani
uning tahririda qabul qilishini yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishini bildirishi shart.
Kelishmovchiliklar bayonnomasi rad etilganida yoki uni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi
bildirish ko‘rsatilgan muddatda olinmaganida kelishmovchiliklar bayonnomasini yo‘llagan taraf
shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga
topshirishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi

ikkinchi

uchinchi
va 
to‘rtinchi
qismlarida nazarda tutilgan
muddatlar to‘g‘risidagi qoidalar, agar qonunchilikda boshqa muddatlar belgilangan bo‘lmasa
yoki taraflar ularni kelishib olgan bo‘lmasalar, qo‘llaniladi.
(377-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzishi majburiy
bo‘lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish
talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilgan zararlarni
boshqa tarafga to‘lashi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

365

367 — 377-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin