O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Kimoshdi savdosini tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

380-modda. Kimoshdi savdosini tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi
Auksionlar va tanlovlar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq auksionda va ochiq tanlovda
xohlagan shaxs qatnashishi mumkin. Yopiq auksion va yopiq tanlovda shu maqsad uchun
maxsus taklif etilgan shaxslargina qatnashadilar.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashkilotchi kimoshdi savdosi
o‘tkazilishi to‘g‘risida kamida o‘ttiz kun oldin xabar qilishi kerak. Xabarda, har qanday holda ham,
kimoshdi savdosining vaqti, joyi va shakli, kimoshdi savdosiga nima qo‘yilayotgani va uni
o‘tkazish tartibi, shu jumladan kim oshdi savdosida qatnashishni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi,
shuningdek boshlang‘ich narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Agar kimoshdi savdosiga faqat shartnoma tuzish huquqi qo‘yilayotgan bo‘lsa, bo‘lajak
kimoshdi savdosi to‘g‘risidagi xabarda bunga beriladigan muddat ko‘rsatilishi kerak.
Agar qonunda yoki kimoshdi savdosi o‘tkazilishi haqidagi xabarda boshqacha tartib
nazarda tutilgan bo‘lmasa, xabar bergan kimoshdi savdosining tashkilotchisi auksion
o‘tkazishdan xohlagan vaqtida, lekin u o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin, tanlov
o‘tkazishdan esa — tanlov o‘tkaziladigan kundan kamida o‘ttiz kun oldin bosh tortishga haqli.
Kimoshdi savdosining tashkilotchisi uni o‘tkazishdan mazkur muddatlarni buzib bosh
tortgan hollarda ishtirokchilarning ko‘rgan haqiqiy zararlarini to‘lashi shart.
Yopiq auksion yoki yopiq tanlov tashkilotchisi xabar yuborilganidan keyin aynan qancha
muddatda kimoshdi savdosidan bosh tortganligidan qat’i nazar, o‘zi taklif etgan
ishtirokchilarning real zararini to‘lashi shart.
Kimoshdi savdosining qatnashchilari kimoshdi savdosi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarda
ko‘rsatilgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat puli to‘laydilar. Agar kimoshdi savdosi
o‘tkazilmasa, zakalat qaytarib berilishi kerak. Zakalat kimoshdi savdosida qatnashgan, lekin
unda g‘olib chiqmagan shaxslarga ham qaytarib beriladi.
Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan shartnoma tuzishda u to‘lagan zakalat
summasi tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishda hisobga olinadi.
Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi auksion
yoki tanlov o‘tkazilgan kuni kim oshdi savdosining natijalari to‘g‘risida bayonnoma imzolaydilar,
bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega bo‘ladi. Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs
bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, to‘lagan zakalatidan mahrum bo‘ladi. Bayonnomani
imzolashdan bosh tortgan kimoshdi savdosining tashkilotchisi zakalatni ikki hissa qilib
qaytarishi, shuningdek kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxsga kimoshdi savdosida
qatnashish tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning zakalat pulidan ortiq bo‘lgan qismini to‘lashi
shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi
sakkizinchi
qismi
.
Agar kimoshdi savdosiga faqat shartnoma tuzish huquqi qo‘yilgan bo‘lsa, bunday
shartnomani taraflar kimoshdi savdosi tamom bo‘lganidan hamda bayonnoma
rasmiylashtirilganidan keyin kechi bilan yigirma kunda yoki xabarda e’lon qilingan boshqa
muddatda imzolashlari kerak. Ulardan biri shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, ikkinchi
taraf sudga murojaat qilib, shartnoma tuzishga majbur etishni, shuningdek uni tuzishdan bosh
tortish natijasida yetkazilgan zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
 LexUZ sharhi


Qarang: mazkur Kodeksning 
55

281

311

379

381-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 56-
moddasi 
o‘ninchi xatboshisi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin