LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksining
110, 111-moddalari
, 113-moddasining
birinchi qismi
,
114-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining
28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi
fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi
birinchi xatboshisi
.
Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to‘la yoki qisman
bajargan bo‘lsa, ikkinchi taraf esa — bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni
bajargan tarafning talabi bo‘yicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir.
Bu holda bitimni
keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining
28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi
fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
11.1-bandi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga
soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 17-son
qarorining
4-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik
kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 4-
bandi
ikkinchi xatboshisi
.
Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo‘lib,
ammo taraflardan biri uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan
bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda bitim sud qaroriga
muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining
28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi
fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
11.2-bandi
.
Ushbu
moddaning
ikkinchi
va
uchinchi
qismlarida nazarda tutilgan hollarda bitimni
notarial tasdiqlash yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan asossiz bosh
tortayotgan taraf bitimni
tuzish kechiktirilganligi tufayli yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga to‘lashi lozim.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-
yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga
keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 17-son qarorining
4-bandi
.
Dostları ilə paylaş: