O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

123-modda. Aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon
niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy
emasligi
Aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi
ta’sirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro og‘ir holatlar yuz berishi tufayli o‘zi uchun o‘ta
noqulay shartlar bilan tuzishga majbur bo‘lgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan
bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb
topilishi mumkin.
Agar bitim yuqorida ko‘rsatilgan asoslardan biriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi
taraf jabrlanuvchiga uning bitim bo‘yicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak,
olingan narsani asl holida qaytarishning iloji bo‘lmaganida esa — uning qiymatini pul bilan
to‘lashi kerak. Jabrlanuvchi bitim bo‘yicha ikkinchi tarafdan olgan mol-mulk, shuningdek
ikkinchi tarafga topshirilgan narsa evaziga o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk davlat daromadiga
o‘tkaziladi. Mol-mulkni asl holida davlat daromadiga o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, uning qiymati
pul bilan undirib olinadi. Bundan tashqari, jabrlanuvchiga ikkinchi taraf uning qilgan
xarajatlarini, uning mol-mulki yo‘qotilishi yoki buzilishi natijasida yetkazilgan zararni to‘laydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

119 — 122-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual kodeksi II bo‘limining 
2-kichik bo‘limi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida
qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarori 8-bandining 
uchinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi
qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 17-son qarorining
10-bandi 
uchinchi — yettinchi xatboshilari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi
fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
14 — 14.5

28-
bandlari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin