Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Agar ishonchnomada
muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.
Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Notarius tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasidan
tashqarida harakatlarni
amalga oshirishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnoma uni bergan
shaxs tomonidan bekor qilingunicha o‘z kuchini saqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
110
,
129
,
134, 135
,
137
,
145 — 148-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning
90-moddasi
.
140-modda. Ishonchnoma bo‘yicha vakolatlarni boshqa shaxsga berish (boshqa
shaxsga o‘tkazish)
Ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart.
Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan bo‘lsa
yoki uni ishonchnoma bergan
shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni
boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.
Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos bo‘lgan ishonchnoma notarial
tasdiqlangan bo‘lishi kerak, ushbu Kodeksning
136
,
137
,
138
-moddalarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati uning
berilishiga asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshib ketishi mumkin
emas.
Vakolatlarini boshqaga bergan shaxs ishonchnoma bergan shaxsga buni ma’lum
qilishi
hamda mazkur shaxs va uning yashash joyi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni xabar qilishi kerak.
Mazkur burchlar bajarilmasa, o‘z vakolatlarini boshqaga bergan
shaxs undan vakolat olgan
shaxsning harakatlari uchun xuddi o‘zining harakatlari kabi javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
110
,
129
,
134, 135
,
137
,
139-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Notariat to‘g‘risida”gi Qonun 47-moddasining
ikkinchi qismi
Dostları ilə paylaş: