O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Muomalaga layoqatli shaxslar nomidan vakillik qilish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

130-modda. Muomalaga layoqatli shaxslar nomidan vakillik qilish
Muomalaga layoqatli shaxslar o‘zlari tanlagan vakillar orqali bitimlar tuzishlari mumkin,
bitim o‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar, shuningdek qonunda
ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
129

132 — 134

1120-moddalari
.
131-modda. Muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan vakillik qilish
Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimlarni ularning ota-onalari, farzandlikka
oluvchilari va vasiylari tuzadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
129, 130

133-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual kodeksi 
39-moddasi
, 42-moddasi 
beshinchi qismi

47-moddasi

66 — 70-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.05.2010-
yildagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi
to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi
269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonun
hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
12.2-bandi
.
132-modda. Vakolatsiz vakillik
Vakil qilinmagan shaxs tomonidan boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatlardan
tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs ushbu bitimni keyinchalik ma’qullagan
taqdirdagina uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor
qiladi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik
beruvchi harakatlar qilgan holda ham bunday bitim ma’qullangan hisoblanadi.


Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs tomonidan bitimning keyinchalik ma’qullanishi uni
tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy bitimga aylantiradi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin