tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan
ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi
ishonchnomalar bundan mustasno;
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo‘shilmalar, muassasalar hamda harbiy o‘quv
yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar
bo‘lmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar
oila a’zolarining shu qism, qo‘shilma, muassasa va o‘quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari)
tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va
tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning
tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport
vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasi birinchi qismining
beshinchi, oltinchi xatboshilari
, Vazirlar Mahkamasining 07.03.2006-yildagi 38-son “Avtomototransport
vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori
.
(136-moddaning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 27-
sentabrdagi O‘RQ-56-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 39-son, 385-modda)
Dostları ilə paylaş: