O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Ishonchnomaning boshqa shakllari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

137-modda. Ishonchnomaning boshqa shakllari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat
munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga
to‘lanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek bank
muassasalaridan summalarni olish haqidagi ishonchnoma vakolat beruvchi ishlaydigan yoki
o‘qiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga xizmat ko‘rsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti,
o‘zining yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoxud fuqaro
davolanishda bo‘lgan davolash muassasasining ma’muriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
(137-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli 
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
110

129

134, 135-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining 
ikkinchi qismi
, Vazirlar
Mahkamasining 01.05.1993-yildagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali alkogolizm yoki
giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-
profilaktika muassasalari to‘g‘risida”gi Nizomning 
14-bandi
.
138-modda. Yuridik shaxsning ishonchnomasi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga
ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bosiladi.
(138-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 68-moddasi 
to‘rtinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat mulkiga asoslangan yuridik shaxs nomidan pul va boshqa mulkiy boyliklarni olish
yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma shu yuridik shaxsning bosh (katta) buxgalteri
tomonidan ham imzolanishi kerak. Bankda operatsiyalarni amalga oshirishga ishonchnoma
berish tartibi va uning shakli qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(138-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
110

129

134, 135

137-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
07.11.2019-yildagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni 
39-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin