126-modda. Bitim tuzish vakolatlarini cheklash oqibatlari Agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari
uning ta’sis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qo‘yilganiga nisbatan yoinki
bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko‘rinib turgan deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan
vakolatlariga nisbatan cheklab qo‘yilgan bo‘lsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki
organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan bo‘lsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur
cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan hollardagina bitim
cheklash belgilanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan
haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 14 , 41 , 101 , 105 , 116 — 132 , 134-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 17-son qarorining 13-bandi . LexUZ sharhi Qarang: sud amaliyoti. 127-modda. Bitimning haqiqiy emas deb hisoblanish payti Haqiqiy emas deb topilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas hisoblanadi.
Bitimning mazmunidan uning faqat kelajak vaqt uchun bekor qilinishi mumkinligi anglashilsa,
haqiqiy emas deb topilgan bitim kelajak vaqt uchun harakatdan to‘xtaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 14 , 41 , 105 , 116 , 128-moddalari .