O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

153-modda. Da’vo muddatini qo‘llash
Buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddatining o‘tganligidan qat’i nazar, sudda
ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
Da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan
arizasiga muvofiq qo‘llanadi.
Qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi sudning
da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
145 — 152

154 — 163-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining
19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 
7 — 10-bandlari
, Oliy Sud
Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 14-son qarori 22-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
154-modda. Da’vo muddatining o‘ta boshlashi
Da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan
kundan o‘ta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan
belgilanadi.
Muayyan ijro muddatiga ega bo‘lgan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati ijro muddati
tamom bo‘lganidan keyin o‘ta boshlaydi.
Ijro etish muddati belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan
belgilangan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati kreditorda majburiyatni bajarish to‘g‘risida


talab qo‘yish huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan o‘ta boshlaydi, bordi-yu, qarzdorga bunday talabni
bajarish uchun imtiyozli muddat berilsa, da’vo muddati imtiyozli muddat tamom bo‘lganidan
keyin hisoblana boshlaydi.
Regress majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati asosiy majburiyat bajarilgan paytdan o‘ta
boshlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
145 — 153
,
 155 — 163

242-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining 16.04.1993-
yildagi “Sudlar tomonidan mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunchilikning
qo‘llanishi to‘g‘risida”gi 5-13-son qarorining 
17-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining
20.07.2011-yildagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash
amaliyoti to‘g‘risida”gi 6-son 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-
yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 
11-bandi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin