159-modda. Da’vo muddatini tiklash Basharti, sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan
huquq himoya qilinishi kerak. Da’vo muddatini o‘tkazib yuborish sabablari da’vo muddatining
oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatida yuz
bergan bo‘lsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 150 — 158-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 16 , 16.3-bandlari . 160-modda. Maxsus da’vo muddatining to‘xtatilishi, uzilishi va tiklanishi Da’vo muddatining to‘xtatilishi, uzilishi va tiklanishi haqidagi qoidalar (ushbu Kodeksning
156
,
157
va
159
-moddalari), agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, maxsus da’vo
muddatiga nisbatan ham qo‘llanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 150 , 156 — 159-moddalari , 724-moddasining uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 24-moddasining ikkinchi qismi , 63-moddasining ikkinchi qismi , 117, 118-moddalari , Uy-joy kodeksi 114-moddasining ikkinchi qismi , Mehnat kodeksi 576-moddasining to‘rtinchi qismi , Soliq kodeksining 88-moddasi , “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi , “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunning 62-moddasi ,
Vazirlar Mahkamasining 23.10.2008-yildagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavi.