161-modda. Da’vo muddati o‘tganidan keyin majburiyatni bajarish Da’vo muddati o‘tganidan keyin majburiyatini bajargan shaxs ijro etish paytida da’vo
muddatining o‘tib ketganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganligidan qat’i nazar, bajargan
narsasini qaytarishni talab qilishga haqli emas.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 148 , 150 — 160-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 17-bandi . 162-modda. Qo‘shimcha talablarga nisbatan da’vo muddatini qo‘llash Asosiy talab bo‘yicha da’vo muddati o‘tishi bilan qo‘shimcha talablar (neustoyka, garov,
kafolat va shu kabilar) bo‘yicha da’vo muddati ham o‘tgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 148 , 150 — 160 , 259-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli Qarorining 17.1-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qo‘shma Qarori 36-bandining ikkinchi xatboshisi .