21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
166-modda. Mulkning daxlsizligi Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo‘riqlanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60, 61-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 10-bobi , 172, 173 , 295, 296-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 32 , 33-moddalari . Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini
buzishdan o‘zlarini saqlashlaridan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang. Mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat
qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
(166-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi uchinchi qismi , mazkur Kodeksning 199 , 203, 204-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 29-moddasi , 36- moddasining uchinchi qismi , 42-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211 , 289-moddalari , “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasi 2-bandi , “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 16, 17-moddalari .