O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


II BO‘LIM MULK HUQUQI VA BOShQA AShYoVIY HUQUQLAR



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

II BO‘LIM
MULK HUQUQI VA BOShQA AShYoVIY HUQUQLAR
13-BOB
UMUMIY QOIDALAR
164-modda. Mulk huquqi tushunchasi
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini
ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini,
kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir.
Mulk huquqi muddatsizdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi 
birinchi qismi

66-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 
1-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 11-moddasining
 uchinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
165-modda. Mulkdor bo‘lmagan shaxslarning ashyoviy huquqlarining mazmuni
Mulk huquqi bilan bir qatorda xususan quyidagilar ashyoviy huquqlar hisoblanadi:
xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14-bobi
.
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi;
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 
20-moddasi
.


servitutlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
173-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 
30-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi, agar qonunchilikda o‘zga
tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu mol-mulkka nisbatan o‘zga ashyoviy huquqlarning bekor
bo‘lishi uchun asos bo‘lmaydi.
(165-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
482-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 
32-moddasi
.
Mulkdor bo‘lmagan shaxsning ashyoviy huquqlarining buzilishi ushbu Kodeksning 
232-
moddasida 
nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin