O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

167-modda. Mulk shakllari
O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
6 — 17-boblari
.
168-modda. Mulk huquqining subyektlari
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
16

39

79-moddalari
.
Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxslarga qarashli
bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
 18-bobi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki bo‘lishiga qarab mulk huquqini, mol-
mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va
bekor qilish xususiyatlari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(168-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi


Qarang: mazkur Kodeksning 
210-moddasi
, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to‘g‘risida”gi 
Qonun
, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 
Qonun
, “Aksiyadorlik jamiyatlari
va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 
83, 84-moddalari
, “Mas’uliyati
cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 
43, 44-moddalari
.
169-modda. Mulk huquqining obyektlari
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-
uskunalar, xomashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek
intellektual mulk obyektlari mulk bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
170, 171

1031-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston
Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 
3-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin