151-modda. Maxsus da’vo muddatlari Oldingi tahrirga qarang. Ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy da’vo muddatiga qaraganda
qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin.
(151-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu Kodeks
152-162-
moddalarining
qoidalari maxsus da’vo muddatlariga ham joriy qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 150 , 152 — 163-moddalari , 724-moddasining uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 24-moddasining ikkinchi qismi , 63-moddasining ikkinchi qismi , 117, 118-moddalari , Uu-joy kodeksi 114-moddasining ikkinchi qismi , Mehnat kodeksi 576-modda , Soliq kodeksining (yangi tahriri) 88-moddasi , “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi , “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunning 62- moddasi , Vazirlar Mahkamasining 23.10.2008-yildagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavi. 152-modda. Da’vo muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimning haqiqiy sanalmasligi Da’vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi
mumkin emas.
Da’vo muddatlari o‘tishini to‘xtatish va uning uzilish asoslari ushbu Kodeks bilan
belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 150 , 156, 157-moddalari , 158-moddasining ikkinchi qismi , 160- moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 6-bandi .