Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi
tegishli oy va kunda tamom
bo‘ladi.
Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan
hisoblanadigan muddatlar
uchun belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan
oylar bilan hisoblanadigan
muddatlar uchun belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. Bunda yil
choragi uch oyga teng deb
hisoblanadi, yil choraklarining hisobi esa — yil boshidan yuritiladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oyidagi tegishli kunda tugaydi.
Yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb qaraladi va
u o‘n besh kunga teng bo‘ladi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom bo‘lishi tegishli raqam bo‘lmagan
oyga to‘g‘ri kelsa, u holda muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Haftalar bilan o‘lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi
haftasidagi tegishli kunda
tugaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
145
,
147 — 163
,
649
,
651, 652
,
797
,
878
,
1065
,
1183-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi
152-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: