21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
119-modda. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro
tomonidan tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 117-
moddasining
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasi beshinchi qismi , mazkur Kodeksning 30 , 32 , 119 , 996-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 34- moddasi birinchi qismi , 42-moddasi beshinchi qismi , 66-moddasi birinchi qismi , 310 — 316-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 16-moddasi to‘rtinchi xatboshisi , 37-moddasi ikkinchi qismi , 43-
moddasi birinchi , uchinchi xatboshilari , 173-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining 02.01.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi , 32-moddasi birinchi , o‘n ikkinchi qismlari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 12.12.2008- yildagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi 24-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi .