117-modda. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emas,
ushbu Kodeks 29-moddasining
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasno.
Bunday bitimdagi taraflarning har biri bitim bo‘yicha olgan hamma narsani ikkinchi
tarafga qaytarib berishi, olingan narsani asl holida qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa —
uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart. Bundan tashqari, muomalaga layoqatli taraf, agar
ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi
tarafga u ko‘rgan haqiqiy zararni to‘lashi shart.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 22 , 27 — 29 , 118 , 993, 994-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 324 — 326-moddalari . 118-modda. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan ushbu
Kodeksning
27-moddasiga
muvofiq uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining
roziligi talab qilinadigan hollarda ularning roziligisiz tuzilgan bitim ota-onasi, farzandlikka
oluvchilari yoki homiysining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 117-moddasining
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 22-moddasining
ikkinchi qismi
va
28-moddasida
nazarda tutilgan hollarda to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlarga
nisbatan tadbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 22 , 27 — 29 , 117 , 993, 994-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 324 — 326-moddalari .