3
narxining oshishi hisobiga joriy yilning I choragidagi
yig‘ma INI 1,39 f.d.
yuqoriladi.
Salmoq ulushi
ko‘rsatkichlarida ushbu mahsulotlar hissasiga
kuzatiladigan tovarlar va xizmatlar umumiy
ta’sirining 58,1 % i to‘g‘ri keldi.
2023- yilning yanvar-martida oziq-ovqat mahsulotlari va spirtsiz
ichimliklar
o‘rtacha 3,5 % ga qimmatlashdi.
Shu bilan birga, ushbu bo‘lim
guruhlari orasida meva-sabzavot mahsulotlari yuqori ustunlik bilan yetakchilik
qildi. Joriy yilning I choragida mevalar va
yong‘oqlar narxi 5,7 % ga,
sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar 18,5 % ga oshdi. Narxlarning
pasayishi
yog‘lar va moylar guruhida qayd etildi (-1,6 %).
Boshqa
bo‘limlar orasida narxlarning sezilarli oshish darajasi restoranlar
va mehmonxonalar xizmatlarida (4,0 %), transport sohasida (2,9 %), maishiy
tovarlar
va xizmatlar, boshqa tovarlar va xizmatlarda (2,8 %),
sog‘liqni
saqlash hamda dam olish, sport va madaniyat (2,7 % dan) sohalarida
kuzatildi.
Dostları ilə paylaş: