2 avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish
korxonalarida (94,2 %), ishlab chiqarish hajmida pasayish kuzatildi.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida xom neft
va tabiiy gaz (2022- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 99,7 %) hamda metall
rudalari (98,0 %) qazib olishda pasayishi kuzatildi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan iste’mol tovarlarining o‘sish sur’ati
105,1 % ni tashkil etdi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy
hajmidagi ulushi 30,5 % ga etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining
ulushi 40,0 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 60,0 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, 2022- yilning mos davriga nisbatan oziq-ovqat
mahsulotlarining
o‘sish sur’ati 111,3 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlari
101,3 foizni tashkil etdi.
3. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 2023- yilning yanvar-mart oylarida qishloq,
o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
mahsulot(xizmat)lari hajmi 40 416,3 mlrd.
so‘mni yoki 2022- yilning mos
davriga nisbatan 103,2% ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilikda,
ovchilikda va ushbu sohalarda
ko‘rsatilgan xizmatlar – 38 289,6 mlrd. so‘mni
(103,3%),
o‘rmon xo‘jaligida – 1 790,5 mlrd. so‘mni (100,7%), baliqchilik
xo‘jaligida – 336,2 mlrd. so‘mni (100,5%) tashkil qildi.
Qishloq,
o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot(xizmat)lari hajmining
oshishi, asosan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmining
ko‘payganligi (3,2%) bilan bog‘liq. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarining oshishi go‘shtning – 3,9 % ga, sutning – 3,2 % ga
oshishi bilan izohlanadi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy
hajmining 87,4% - dehqon va tomorqa
xo‘jaliklari, 8,1% - fermer xo‘jaliklari,
4,5% - qishloq
xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri
kelishini
ko‘rsatmoqda.