5. Asosiy kapitalga investitsiyalar
2023- yilning yanvar-mart oylarida, barcha moliyalashtirish manbalari
hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 56557,6 mlrd.
so‘mni tashkil
etib,
o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,1 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, asosiy kapitalga
yo‘naltirilgan investitsiyalar umumiy
hajmida korxonalar
mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi
28,6 %ni,
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 3,6 %,
tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz
mablag‘lar – 10,6%, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalar va kreditlar
– 40,9%, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar (TTXI)
– 21,0%, aholi mablag‘lari – 9,5%, Respublika budjeti –
6,2%, Taraqqiyot va rekonstruksiya
jamg‘armasi – 0,2%, Suv ta’minoti va
kanalizatsiya tizimini rivojlantirish
jamg‘armasi 0,4%.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning 2022- yilning mos davriga nisbatan
yuqori
o‘sish sur’atlarini moliyalashtirishning asosiy manbalari: To‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) – 136,8%, korxonalar mablag‘lari – 100,6%,
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 122,0%, tijorat
banklari kreditlari va boshqa qarz
mablag‘lar – 100,4%,Respublika budjeti –
2,1m%.
Moliyalashtirish manbalari
bo‘yicha past o‘sish sur’atlari: Taraqqiyot va
rekonstruksiya
jamg‘armasi – 90,9%, Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini
rivojlantirish
jamg‘armasi mablag‘lari – 71,7%, aholi mablag‘lari – 99,3%,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 97,9%.
6. Qurilish ishlari
2023- yilning yanvar-mart oylarida 27564,6 mlrd.
so‘mlik qurilish ishlari
bajarilib,
o‘sish sur’ati 104,5%ni tashkil etdi. Qurilish ishlarining umumiy
hajmining 6 439,8 mlrd.
so‘m yoki 23,4% yirik korxona va tashkilotlar, kichik
korxonalar va mikrofirmalar tomonidan 16 339,8 mlrd.
so‘m yoki 59,3 %,
norasmiy sektor
sub’ektlari tomonidan 4 785,1 mlrd.so‘m yoki 17,3% bajarildi.
|