O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə68/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143
22.09.1994 ЖПК

162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish
Ushbu Kodeksning 157 va 158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarni olib qo‘yishi mumkin.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu Kodeksning 224-moddasiga asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qo‘yishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda shaxsiy tintuv va olib qo‘yish bayonnomasi ushbu Kodeksning 163-moddasi talablariga rioya qilgan holda tuziladi.
Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish ushbu Kodeksning 157 — 161-moddalarida ko‘rsatilgan qoidalar asosida o‘tkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qo‘yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan o‘tkazilishi mumkin:
1) gumon qilinuvchini ushlash chog‘ida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar bo‘lganda (ushbu Kodeksning 224-moddasi);
2) gumon qilinuvchi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, uni ushlash haqida ushbu Kodeksning 225-moddasiga asosan bayonnoma tuzilganda;
3) ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlar bo‘lishi mumkin deb o‘ylashga yetarli asoslar bo‘lganida;
4) olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga ko‘ra olinishi zarur bo‘lgan narsa yoki hujjatlarni o‘z yonida yashirincha saqlamoqda deb o‘ylash uchun yetarli asoslar bo‘lganida.
Shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qo‘yish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mutaxassis hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin