O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Ushlab turish muddati



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə101/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143
22.09.1994 ЖПК

226-modda. Ushlab turish muddati
Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan (erkin harakatlanishga bo‘lgan huquqlarning haqiqiy cheklangan payti) e’tiboran ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin.
Ushlab turish muddati tugagunga qadar va asoslar mavjud bo‘lganda shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi, unga ayb e’lon qilinishi, ushbu Kodeksning 109 — 112-moddalaridagi qoidalar bo‘yicha so‘roq qilinishi va ushbu Kodeksning 236 — 240-moddalari qoidalariga amal qilgan holda ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinishi zarur.
Alohida hollarda, ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilishi mumkin. Bunda gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ayblov e’lon qilinishi kerak. Aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinadi va shaxs qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod etiladi, garov esa garovga qo‘yuvchiga qaytariladi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida ishni yuritish o‘ziga taalluqli bo‘lgan surishtiruvchi va tergovchi jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash, ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish uchun o‘z vakolatlari doirasida tergov harakatlari o‘tkazishi mumkin.
227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish
Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarori asosida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish to‘g‘risida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim.
Gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan paytdan boshlab o‘tgan vaqt ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamog‘ida bo‘lishi hamda Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin