O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining ajnabiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan amal qilishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
22.09.1994 ЖПК

4-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining ajnabiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan amal qilishi
Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksga muvofiq olib boriladi.
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid kelmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
2-bob. JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI
11-modda. Qonuniylik
Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart.
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko‘ra yuz berganidan qat’i nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
12-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.
13-modda. Jinoyat ishlarini hay’atda va yakka tartibda ko‘rib chiqish
Jinoyat ishlari hay’atda ko‘riladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.
Agar sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi vaqtida Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, ishning ko‘rilishi uni yakka tartibda ko‘rib chiqishni boshlagan sudya tomonidan davom ettiriladi.
Ish birinchi instansiya sudi tomonidan hay’atda ko‘rilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqadi.
Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni ko‘rish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar.
Tegishli sud hay’atlarida apellatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ishlarni ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlari ustidan apellatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida berilgan shikoyatlar (protestlar) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida besh nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda ko‘riladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin