O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə7/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143
22.09.1994 ЖПК

26-modda. Dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish
Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni o‘qib eshittirishlari shart. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida hollardagina bu qoidalardan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi.
27-modda. Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi
Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari sudning hukmi (ajrimi) ustidan tegishincha apellatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli.
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.02.00 Protsess ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari. Sud ish yurituvida qatnashishga monelik qiladigan holatlar. Rad qilishlar]
IKKINChI BO‘LIM
JINOYAT PROTSESSI IShTIROKChILARI


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin