O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-bob. JINOYAT IShINI YURITIShGA MAS’UL BO‘LGAN DAVLAT ORGANLARI VA MANSABDOR ShAXSLAR



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə8/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143
22.09.1994 ЖПК

3-bob. JINOYAT IShINI YURITIShGA MAS’UL BO‘LGAN DAVLAT ORGANLARI VA MANSABDOR ShAXSLAR
28-modda. Sud
O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi bo‘yicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha ishlarni ko‘rib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan, agar ular apellatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha ishlarni ko‘rib, hukm yoki ajrim chiqaradi.
Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudida ko‘rib chiqilgan hukmlari va ajrimlari ustidan, shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining hukmlari yoxud ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha ishlarni ko‘rib, hukm, ajrim yoxud qaror chiqaradi.
29-modda. Sudning vakolatlari
Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish; prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; dastlabki eshituv o‘tkazish, ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi.
Yuqori sudlar, bundan tashqari, o‘z vakolatlari doirasida quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin