aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
59-modda.
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar
va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir.
60-modda.
Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining
demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil
qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.
61-modda.
Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat
diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.
62-modda.
Jamoat birlashmalarini
tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat
sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: