bitimning bajarilishini tekshirish
201-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi
bitimni
tugatish tartibi
202-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi
bitim shartlarining barqarorligi
196-modda. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash
toʻgʻrisidagi bitim haqidagi umumiy qoidalar
(1-q.)
Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi
yuridik shaxsi
(bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchi deb yuritiladi) soliq solish maqsadida narxni belgilash
toʻgʻrisidagi bitim (bundan buyon matnda narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim deb yuritiladi) tuzish
haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli.
(2-q.)
Soliq toʻlovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan,
oʻzining amal qilishi muddati davomida soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimlarda
narxlarni aniqlash va (yoki) narxlarni belgilash usullarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi bitim narxni
belgilash toʻgʻrisidagi bitim deb hisoblanadi.
(3-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning maqsadi soliq toʻlovchi
tomonidan
tuziladigan bitimlarda bozor narxlarini qoʻllashdan iboratdir.
(4-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim predmeti quyidagilardan iborat:
1) nazorat qilinadigan bitimlarning hamda oʻziga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi
bitim tuziladigan tovarlarning (xizmatlarning) turlari va (yoki) roʻyxatlari;
2) soliq solish maqsadida narxlarni aniqlash tartibi va (yoki) narxni belgilash usullarining
(formulalarining) tavsifi hamda ularning qoʻllanilish tartibi;
3) bitimlar narxlarining narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiqligini
aniqlashda foydalaniladigan axborot manbalarining roʻyxati;
4) narxni belgilash toʻgʻrisidagi
bitimning amal qilish muddati;
5) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning
roʻyxati, ularni taqdim etish tartibi va muddatlari.
(5-q.)
Taraflarning kelishuvi boʻyicha boshqa shartlar ham narxni belgilash toʻgʻrisidagi
bitim predmeti boʻlishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: