Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqni (yigʻimni) toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

224-modda. Soliqni (yigʻimni) toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik 
Soliqni (yigʻimni) notoʻgʻri hisoblab chiqarish yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlar 
(harakatsizlik) natijasida soliq (yigʻim) summasini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, agar bunday 
qilmish ushbu Kodeksning 223, 226 va 227-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid 
huquqbuzarliklar alomatlarini oʻz ichiga olmagan boʻlsa, -
toʻlanmagan soliq (yigʻim) summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab 
boʻladi. 
225-modda. Hisobvaraq-fakturalarni 
rasmiylashtirish tartibini buzish 
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda
shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar boʻlmagan mahsulot yetkazib beruvchilar 
tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-
fakturada aks ettirganlik, - 
mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat 
soligʻi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Bunda mahsulot 
yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan soliq summasini budjetga toʻlashi shart. 
226-modda. Transfert narxni belgilashda soliqlarni 
toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik 
Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida mustaqil shaxslar oʻrtasidagi 
bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari bilan solishtirib boʻlmaydigan tijorat va (yoki) 
moliyaviy shartlar qoʻllanilishi natijasida soliq summalarini soliq toʻlovchi tomonidan 
toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik, -
toʻlanmagan soliq summasining qirq foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. 
227-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining 
foyda ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi 
natijasida soliqni toʻlamaslik yoki toʻliq 
toʻlamaslik 


Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlgan nazorat 
qiluvchi shaxslari tomonidan mazkur kompaniya foydasining ulushi soliq bazasiga 
kiritilmaganligi natijasida soliq summalarini toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik, -
nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasiga kiritilishi lozim boʻlgan 
foydasiga nisbatan tegishincha foyda soligʻi boʻyicha yoki jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad soligʻi boʻyicha toʻlanmagan soliq summasining yigirma foizi miqdorida, lekin oʻn 
million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin