HUDUDLARIDA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi boʻlim nomi)
(Oldingi tahririga qarang)
67-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy
chet el investitsiyalari
ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solishning
oʻziga xos xususiyatlari (471 - 472-moddalar)
68-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (473 - 474-moddalar)
69-bob. Mahsulot taqsimotiga oid
bitim doirasida
amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning
oʻziga xos xususiyatlari (475 - 476-moddalar)
70-bob. Advokatlar hayʼatlariga, advokatlik firmalariga,
advokatlik byurolariga va advokatlarga soliq solishning
oʻziga xos xususiyatlari (477 - 478-moddalar)
71-bob. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (479 - 480-moddalar)
71-1-bob. Oʻzbekiston Respublikasining
ayrim hududlarida
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (480-1 - 480-2-moddalar)
72-bob. Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini
bajarish (481 - 483-moddalar)
67-BOB. TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XUSUSIY ChET EL
INVESTITSIYALARI ISHTIROKIDAGI YURIDIK
SHAXSLARGA SOLIQ SOLISHNING
OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
471-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari
ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari
472-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari
ishtirokidagi yuridik shaxslar tomonidan
soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi
471-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari
ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari
(1-q.)
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va
qonunchilikda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
nazarda tutiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari
boʻlgan jismoniy shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida doimiy yashovchi
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar
tushuniladi.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslarga Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy
chet el
investitsiyalari hajmiga qarab, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.
(4-q.)
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Dostları ilə paylaş: