Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə346/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
475-modda. Umumiy qoidalar 
476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim 
doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga 
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
475-modda. Umumiy qoidalar 
(1-q.)
Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma boʻlib, bu shartnomaga muvofiq 
Oʻzbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga 
bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni 
kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi. 
(2-q.)
Mahsulot taqsimotiga oid bitimda quyidagilar nazarda tutiladi: 
hisob yuritish va hisobot berish tartibi; 
soliq solish va boshqa toʻlovlarni toʻlash shartlari; 
chet ellik investorning ulushini olib chiqish tartibi. 
476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida 
amalga oshiriladigan faoliyatga soliq 
solishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisidagi 
qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish 
muddati mobaynida ushbu Kodeksning 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlaydi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar, agar mahsulot 
taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston 
Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
(3-q.) 
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan 
holda amalga oshiriladi: 
1) foyda soligʻi mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarish chogʻida olingan 
daromad boʻyicha va faoliyatning boshqa turlari boʻyicha olingan daromad boʻyicha alohida-
alohida toʻlanadi. Bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli boʻlgan, chegirmalar 
qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymati mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha 
ishlarni bajarish chogʻida olingan daromadlar boʻyicha foyda soligʻi solish obyektidir; 
2) mineral xom ashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga 
nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul 


shaklida yoki kavlab olingan mineral xom ashyoning bir qismi tarzida toʻlanadigan yer qaʼridan 
foydalanganlik uchun soliq. 
(4-q.)
Agar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor 
sifatida ish yuritayotgan boʻlsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot 
taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarini bajaruvchi 
boʻladi. Bunda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma olgan investor 
bir oylik muddatda soliq organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi boʻlib ish 
yuritadigan ishtirokchi toʻgʻrisida xabardor etishi shart. 
(OʻzR 12.10.2021-y. OʻRQ-721-son 
Qonuni tahriridagi qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin