143-modda. Soliq auditini oʻtkazishga doir cheklovlar Soliq organlari soliq toʻlovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar boʻyicha bir
martadan ortiq soliq auditini oʻtkazishga haqli emas, bundan soliq auditini oʻtkazish chogʻida soliq
organiga maʼlum boʻlmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan
taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.
144-modda. Mansabdor shaxslarning soliq toʻlovchining hududiga kirishi (1-q.)
Bevosita soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining
tekshirilayotgan shaxsning hududiga yoki binosiga kirishi ushbu mansabdor shaxslar tomonidan
xizmat guvohnomalari va soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) ushbu shaxsning soliq
tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (qarori) taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(2-q.)
Soliq organlarining bevosita soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslari
koʻrsatilgan obyektlar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarning tekshirilayotgan shaxs tomonidan
taqdim etilgan hujjatlarga asoslangan maʼlumotlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida
tekshirilayotgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan
hududlarini yoki binosini yoxud soliq solish obyektlarini koʻzdan kechirishni oʻtkazishi mumkin.
(3-q.)
Soliq organlarining soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslariga mazkur
hududlarga yoki binolarga (bundan turar-joy binolari mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilingan
taqdirda soliq organining mansabdor shaxsi oʻzi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan
imzolanadigan dalolatnomani tuzadi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan
shaxs toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlar yoki xuddi shunday soliq toʻlovchilar
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini mustaqil tarzda
aniqlashga haqli. Tekshirilayotgan shaxs koʻrsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda
mazkur dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi.
(4-q.)
Soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining turar-joy
binolariga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xoxishiga qaramay yoki xoxishiga qarshi
qonunda yoki sudning qarori asosida belgilangan hollardan boshqacha tarzda kirishiga yoʻl
qoʻyilmaydi.