(1-q.)
Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning
egaligida, foydalanishida yoxud tasarrufida boʻlgan mol-mulkka gʻayriqonuniy harakatlar orqali
zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-q.)
Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida soliq organlarining gʻayriqonuniy qarorlari yoki
ular mansabdor shaxslarining harakatlari orqali yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq hajmda
qoplanishi lozim.
(3-q.)
Soliq organlarining gʻayriqonuniy qarorlari orqali tekshirilayotgan shaxslarga
yetkazilgan zarar uchun ularning mansabdor shaxslari qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar
boʻladi.
(4-q.)
Soliq organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali tekshirilayotgan
shaxslarga yoki ularning vakillariga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanmaydi, bundan
qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi qism)
Dostları ilə paylaş: