153-modda. Soliq nazoratini amalga oshirishga doir
harakatlarning xolisligini taʼminlash
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi modda)
(Oldingi tahririga qarang)
(1-q.)
Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi
videotasvirga olish
qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda
esa - xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
(2-q.)
Videotasvirni yozib olish toʻxtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir
materiallarining koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga
soliq nazoratiga oid
tadbir tugagach taqdim etiladi.
(3-q.)
Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda
videotasvirga olish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(4-q.)
Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki videoyozuvga olish imkoniyati
mavjud boʻlmaganda xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarga majburiy
tartibda jalb etiladi.
Dostları ilə paylaş: