Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni oʻtkazish



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

334-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni oʻtkazish 
(1-q.)
Qayta tashkil etish munosabati bilan oʻtkaziladigan zararlar soliq toʻlovchilar boʻlgan 
huquqiy vorislar oʻrtasida taqsimlash balansi asosida oʻtkaziladigan aktivlar qiymatining qayta 
tashkil etilayotgan yuridik shaxs aktivlari qiymatidagi taqsimlash balansini tuzish sanasidan 
oldingi sanadagi holatiga koʻra solishtirma miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va ushbu 
Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. 
(2-q.)
Huquqiy voris boʻlgan soliq toʻlovchi qayta tashkil etilgan taqdirda, uning ilgari oʻz 
faoliyatini tugatgan soliq toʻlovchidan koʻrgan zararlari oʻtkazilmaydi. 
335-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 


guruhi boʻyicha zararlarni oʻtkazish 
(1-q.)
Ushbu 
Kodeks 
333-moddasining 
qoidalari 
soliq 
toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhiga nisbatan ushbu moddada belgilangan oʻziga xos xususiyatlar 
hisobga olingan holda qoʻllaniladi. 
(2-q.)
Agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi oldingi soliq davrida 
(davrlarida) zarar (zararlar) koʻrgan boʻlsa, bunday guruhning masʼul ishtirokchisi joriy soliq 
davrining konsolidatsiyalashgan soliq bazasini zararning butun summasiga yoki ushbu summaning 
bir qismiga kamaytirishga haqli. 
(3-q.)
Soliq 
toʻlovchilar 
konsolidatsiyalashgan 
guruhining 
ishtirokchisi 
konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini 
tugatgandan keyin): 
1) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur guruh faoliyat koʻrsatgan davrda koʻrilgan 
zararning summasiga (ushbu summaning bir qismiga) kamaytirishga haqli emas; 
2) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur ishtirokchi tomonidan u soliq toʻlovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi boʻlmagan soliq davrlarining yakunlari boʻyicha 
koʻrilgan zarar summasiga (ushbu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan 
tartibda va shartlarda kamaytirishga haqli. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi 
band) (Oldingi tahririga qarang) 
(4-q.)
Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur 
guruhdagi oʻzining ishtirok etish davrida qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil 
etilgan boʻlsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini 
tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini oʻzi huquqiy vorisi boʻlgan 
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlmagan bunday qayta 
tashkil etilgan soliq toʻlovchilar soliq davri yakunlari boʻyicha qayta tashkil etilgan soliq 
toʻlovchidan olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda 
tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga ham haqli.
(5-q.)
Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur 
guruhdagi oʻzining ishtirok etish davrida yuridik shaxsni boʻlish yoʻli bilan yangidan tashkil 
etilgan boʻlsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini 
tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini oʻzi huquqiy vorisi boʻlgan 
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlmagan bunday qayta 
tashkil etilgan yuridik shaxs soliq davri yakunlari boʻyicha qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchidan 
olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda 
va shartlarda, ushbu Kodeksning 92-moddasini hisobga olgan holda kamaytirishga ham haqli.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin