soliq toʻlovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun
ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq
etilmaydi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin
(14-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 6-bandi qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq
etilmaydi:
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
1) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan xom ashyo
tovarlar eksportiga;
2) xalqaro tashishlar xizmatlariga, bundan avtotransportda tashishlar mustasno;
3) tovarlarni quvurlar orqali va gaz quvurlari orqali tashish boʻyicha xizmatlarga.
(15-q.)
Foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan ayrim soliq
toʻlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan oshirilgan soliq stavkalari
belgilanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: