(10-q.)
Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha hisobot (soliq) davri mobaynida toʻlangan
har oylik boʻnak toʻlovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq hisoboti boʻyicha hisoblab
chiqarilgan soliqni toʻlash chogʻida hisobga olinadi.
(11-q.)
Har oylik boʻnak toʻlovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga
oshiriladi. Bunda soliq toʻlovchi kelgusi chorak birinchi oyining 15 sanasidan kechiktirmay joriy
chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi
toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Kutilayotgan foyda
summasi asossiz kamaytirib koʻrsatilgan taqdirda soliq organlari soliq toʻlovchilar tomonidan
taqdim etiladigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga
oʻzgartirishlar kiritishga haqli.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism)
(Oldingi tahririga qarang)
(12-q.)
Jami yillik daromadning miqdoridan qatʼi nazar, soliq hisobotini soliq boʻyicha faqat
soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini
toʻlamaydi.
(13-q.)
Soliq toʻlovchi tugatilganda soliq tugatish yakunlanguniga qadar toʻlanishi lozim.
(14-q.)
Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq
xizmati organi har oylik boʻnak toʻlovlarini hisoblashni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan bunday
axborot olingan oydan eʼtiboran toʻxtatib turadi.
(15-q.)
Faoliyat tiklangan va tugatish jarayoni toʻxtatilgan taqdirda, har oylik boʻnak
toʻlovlarini hisoblash ularni hisoblash toʻxtatilgan oydan eʼtiboran tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: