SOLIQ REZIDENTLARIGA TOʻLANADIGAN
DIVIDENDLAR VA FOIZLAR TARZIDAGI
DAROMADLARGA SOLIQ SOLISHNING
OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga
soliq solishning oʻziga
xos xususiyatlari
344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga soliq
solishning oʻziga xos xususiyatlari
345-modda. Soliq agentlari
tomonidan dividendlar
va foizlardan soliqni hisoblab chiqarish,
ushlab qolish hamda toʻlash
tartibi
346-modda. Soliq agentining javobgarligi
343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
(1-q.)
Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan
boʻlsa, yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga toʻlanadigan
dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida soliq
solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(2-q.)
Agar dividendlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxs
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlansa, olingan
dividendlarga nisbatan
toʻlanadigan soliq summasi uni oluvchi tomonidan olingan dividendlar summasidan va ushbu
Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 11-bandida belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib,
mustaqil ravishda aniqlanadi. Bunda dividend oluvchilar ushbu
moddaga muvofiq hisoblab
chiqarilgan soliq summasini daromad manbai joylashgan joy boʻyicha toʻlangan soliq summasiga
kamaytirishga, agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan boʻlsa, haqli emas.
Dostları ilə paylaş: